Og‘ir atletika bo‘yicha JCH. Tursunoy Jabborova oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Sport
−
17 dekabr 2021
3712Kecha, 16 dekabr kuni Toshkentda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatining 9-kunida erkaklar o‘rtasida 109 kggacha bo‘lgan vaznli atletlar o‘rtasida final bellashuvi o‘tkazilgan va unda Akbar Jo‘rayev g‘alaba qozonib, Jahon chempionligini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Kunning so‘nggi dasturida esa ayollar o‘rtasida 87 kggacha vaznda Tursunoy Jabborova O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga navbatdagi medallarni taqdim qildi.
Jabborova dast ko‘tarish mashqida 113 kg natija qayd etib, kichik oltin medalni qo‘lga kiritdi. Siltab ko‘tarish bahslarida 131 kg toshni ko‘targan bo‘lsa-da, bu medal uchun yetarli bo‘lmadi. Biroq, ikki kurash yakuniga ko‘ra 244 kg natija qayd etgan Jabborova Jahon chempionati kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Ayollar. 87 kg.
Anxsetseg Munxjatsan (Mo‘g‘uliston) – 250 kg (109+141 kg);
Tursunoy Jabborova (O‘zbekiston) – 244 kg (113+131 kg);
Solfrid Koanda (Norvegiya) – 244 kg (103+141 kg)
Eslatib o‘tamiz, Solfrid Koanda ikkinchi bo‘lib urinishni bajargan uchun siltab ko‘tarishda Munxjatsandan, ikki kurash yakuniga ko‘ra esa Jabborovadan ortda qoldi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston vakillari hozirga qadar Jahon chempionatida 6 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan.
LiveBarchasi