Og‘ir atletika. Abrorbek Ma’rufbekov oltin xet-trik qayd etdi
Sport
−
23 iyul 2022
9691Toshkentda o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik Abrorbek Ma’rufbekov 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindori Abrorbek Ma’rufbekov tengqurlari orasida qit’amizda yetakchi ekanini isbotladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, sportchi barcha yo‘nalishlarda raqiblaridan ustunlik qilib, jamoasi hisobiga 3 ta oltin medal keltirgan.
Natijalar quyidagicha:
• Abrorbek Ma’rufbekov (O‘zbekiston) - 299 (136+163) kg;
• Surajbek Sapayev (Turkmaniston) - 294 (135+159) kg;
• Amirhussayn Sepah (Eron) - 290 (135+155) kg.
Qayd etish kerak, Abrorbek Ma’rufbekov Meksikaning Leon shahrida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.
Avvalroq, Diyorbek Ermatov, Jamila Panfilova Osiyo chempionatida 2 tadan medalni, Madina Fayzullayeva 5 ta medalni qo‘lga kiritgani to‘g‘risida xabar bergandik.
LiveBarchasi