Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etiladi
Jamiyat
−
04 iyun
3353Endilikda Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etiladi. Bu haqda bugun, 4 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori qabul qilindi.
Hujjatda xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025 yildan boshlab, har ikki yilda bir marta quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazilishi va g‘oliblar aniqlanishi belgilab qo‘yilgan:
- o‘zbek adabiyotining nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
- o‘zbek adabiyotining she’riy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
- o‘zbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima;
- xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;
- xorijiy tillarda yaratilgan she’riy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima;
- xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima.
Xalqaro mukofot g‘oliblarining har biri maxsus diplom, ko‘krak nishoni va bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. G‘oliblarga Xalqaro mukofot tantanali ravishda topshiriladi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xalqaro mukofot kengashining ishchi organi hisoblanadi. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov zimmasiga yuklangan.
LiveBarchasi