QALAMPIR’dan gapiramiz: Al Romaiti OFK prezidentligidan nomzodini qaytirib oladi

Sport

image

2019 yilning 6 aprel kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidentligiga saylovlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Ayni paytgacha prezidentlik uchun uch kishi o‘z nomozidini taklif etgan edi. Bular amaldagi prezident bahraynlik Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa, qatarlik Saud bin Abdulaziz Al Mohannadi va BAA davlati vakili Muhammad Halfan Al Romaiti edi.

QALAMPIR.UZ’ manbasi xabariga ko‘ra, tashkilot prezidentligiga asosiy da’vogarlardan biri sifatida qaralayotgan Muhammad Halfan Al Romaiti 21 mart kuni prezidentlikka nomzodlar ro‘yxatidan o‘z nomzodini qaytarib oladi. Arab amaldori bu haqda payshanba kuni keng jamoatchilikka ma’lum qilmoqchi.

Hozircha Abu-Dabi politsiyasining shef-komandiri, BAAning sport bo‘yicha bosh boshqarmalari raisi, general-mayyor Al Romaitining nima sababdan bunday qarorga kelganligi bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Oldinroq nomzodlar ro‘yxatida Al Romaitini qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotga a’zo federatsiyalar soni kamchilikni tashkil etishi taxmin etilayotgan edi.

Bunga sabab shuki, OFKni 2013 yildan beri boshqarib kelayotgan amaldagi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifaning ta’sir doirasi ayni damda juda yuqori hisoblanadi. Amaldor buni 2018 yilning 9 dekabrida prezidentlikka nomzodini ilgari surayotgan paytda isbotlab ulgurgan edi. O‘shanda Al Xalifaning nomzodi qo‘yilishini yoqlab tashkilotga a’zo 40 dan ziyod federatsiyalar ovoz bergan edi.

Ma’lumot uchun, OFK o‘z tarikibida 47 ta davlat futbol federatsiya va assotsatsiyalarini birlashtirib turuvchi xalqaro tashkilot hisoblanadi. Kofederatsiyaga 1954 yilda asos solingan va uning shtab-kvartirasi Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida joylashgan. Ushbu xalqaro tashkilot Osiyo qit’asi bo‘yicha o‘tkaziladigan terma jamoalar va klublar o‘rtasidagi musobaqalarni nazorat qilib boradi. 


Maqola muallifi

Teglar

OFK Al Romaiti Al Xalifa

Baholaganlar

8

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar