Odina Jamoldinova Majidovga maslahatchi bo‘ldi

Jamiyat

image

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga yangi maslahatchi tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Odinaxon Rasulovna Jamoldinova Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
 
Odinaxon Jamoldinova 1970 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1992 yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan.
 
Shu kunga Odina Jamoldinova Jizzax davlat pedagogika institui, Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlagan, 2015-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining a’zosi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Odina Jamoldinova

Baholaganlar

91

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing