Odil Yoqubov Kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasiga rahbar bo‘ldi

Jamiyat

image

Odil Yoqubov Surxondaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Bunga qadar u Termiz tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Odil Yoqubov 1983 yil Oltinsoy tumanida tug‘ilgan. 2005 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – soliqlar va soliqqa tortish.

U mehnat faoliyati davomida soliq organlarida turli lavozimlarda, jumladan, Jarqo‘rg‘on va Denov tumanlari soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.

Bundan tashqari, Odil Yoqubov Termiz tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Odil Yoqubov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar