Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish qanchaga tushadi?
Jamiyat
−
07 dekabr 2019
6833Ob’ektlarni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini (ART) ishlab chiqishning bazaviy qiymati va tuzatish koeffitsiyentlari tizimi tasdiqlandi. Bu haqda "Norma" xabar berdi.
Tizimg bilan ARTni ishlab chiqish uchun to‘lov to‘lanishi osonlashdi. Ilgari hududiy qurilish boshqarmalari ariza beruvchi o‘z ERIsi bilan tasdiqlashi uchun unga ARTni ishlab chiqish shartnomasini yuborar edilar (YAIDXP orqali yoki davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilinganda bevosita topshirilar edi). Bundan buyon Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha ishlab chiqish qiymati ko‘rsatilgan invoys - hisobvaraq-faktura bir yo‘la taqdim etiladi.
Ariza beruvchi invoysni olgach, ko‘rsatilgan summani 10 kun ichida to‘lashi lozim. To‘lov to‘langanligi axborot-kommunikatsiya tizimi yordamida tasdiqlanadi. Ob’ektlarni loyihalashtirish uchun ARTni ishlab chiqish qiymati va muddatlari quyidagicha belgilangan:
Bunda tuzatish koeffitsiyentlari (oshirish yoki pasaytirish) tizimi amal qiladi, shu jumladan:
birinchidan, ob’ektning joylashgan joyiga ko‘ra (turar joyni rekonstruksiya qilgan holda noturar joy toifasiga o‘tkazish):
• qishloq aholi punktlarida – 0,7;
• tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda va shahar posyolkalarida – 0,8;
• tumanlar markazlarida va viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlarda – 0,9;
• Toshkent shahrida, Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida – 1;
ikkinchidan, qurilayotgan ob’ektni aholi punktidan tashqarida joylashtirishda - 0,6 pasaytirish koeffitsiyenti qo‘llanadi;
uchinchidan, ARTning arxitektura-shaharsozlik va muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish qismlarini alohida-alohida ishlab chiqishda har bir bo‘lim uchun narxlar 0,6 koeffitsiyenti bilan qo‘llaniladi;
to‘rtinchidan, tanlovga (auksionga) qo‘yilayotgan yer uchastkalari uchun shaharsozlik topshirig‘ini ishlab chiqish qiymati 0,7 koeffitsiyentini qo‘llagan holda yangi qurilish uchun belgilangani kabi (4 BHM) belgilanadi (ARTni ishlab chiqishda arxitektura-shaharsozlik bo‘limi sifatida uning tarkibiga kiritiladi) va tanlov (auksion) g‘olibi hisobidan to‘lanadi.
ARTning amal qilish muddatlariga tuzatish kiritish va ularni uzaytirish uchun belgilangan ishlab chiqish qiymatining 20 foizi, ART dublikatlari (nusxalari)ni tayyorlash uchun 10%i miqdorida belgilanadi.
LiveBarchasi
26 noyabr