Odil Ahmedov yangi jamoada to‘p suradi

Sport

image

Odil Ahmedov o‘zining jamoasini o‘zgartirdi. Bu haqda Goal.com nashrida futbolchining jamoasiga oid ma’lumotlarda ma’lum bo‘lgan.

Qay etilishicha, Odil Ahmedov "Shanxay SIPG"dan "Tyanszin Teda" klubiga o‘tgan. Endilikda unga “Real”ning sobiq futbolchisi murabbiylik qiladi. 

Odil Ahmedov "Shanxay SIPG"da 2017 yildan buyon o‘ynayotgan edi. O‘zbekistonlik o‘yinchi joriy mavsum Xitoy Superligasi doirasidagi 8ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etgan.

Odil Ahmedov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 avgustdagi farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Odil Ahmedov 1987 yilning 25 noyabr kuni Namangan viloyatida tavallud topgan. 2000 yilning boshida  “Navbahor” va Toshkentning “Lokomotiv” futbol klublari akademiyasida tahsil olgan.  Keyinroq Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynashni boshlagan.

2006 yilda rossiyalik taniqli futbol mutaxassisi — Valeriy Kuzmich Nepomnyashiy “Paxtakor” bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Aynan Valeriy Nepomnyashiy Odil Ahmedovning o‘rinbosarlar jamoasidagi o‘yinini kuzatib, uni “Paxtakor” bosh jamoasiga jalb qiladi va shu bilan Ahmedovning “Paxtakor”dagi faoliyati boshlanadi. Uning “Paxtakor” safidagi ilk debyut o‘yini o‘sha yilning 16 may kuni Ahmedov 18 yoshdaligida, safarda zarafshonning “Qizilqum” jamoasiga qarshi chempionat o‘yini bo‘ldi. “Paxtakor” safidagi ilk mavsumidayoq U O‘zbekiston chempionligini va O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritadi. 

2007 yilgi mavsumda Ahmedov “Paxtakor” bilan yana O‘zbekiston chempionligini, O‘zbekiston Kubogini va sobiq SSSR tarkibiga kirgan davlatlar, hozir esa MDHga a’zo davlatlar ishtirok etadigan Hamdo‘stlik Chempionlari Kubogini qo‘lga kiritadi. O‘sha mavsumda, “Paxtakor” Hamdo‘stlik Chempionlari Kubogi finalida Latviyaning “Ventspils” klubini penaltilar seriyasida 9:8 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, kubokga ega chiqqan edi. 

2008 yilgi mavsumda Odil Ahmedov “Paxtakor” bilan Oliy Ligada ikkinchi, O‘zbekiston Kubogi va Hamdo‘stlik Chempionlari Kubogi finaligacha yetib keladi va har ikki finalda imkoniyatni boy berib, kumush medallarni qo‘lga kiritadi. O‘shanda “Paxtakor” O‘zbekiston Kubogida “Bunyodkor”ga, Hamdo‘stlik Chempionlari Kubogi finalida esa Ozarbayjonning “Hazar-Lenkoran” klubiga 4:3 hisobida yutqazgan edi.

U 2009, 2011, 2014 yillarda O‘zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi, 2011 yilda “Anji” futbol klubida yilning eng yaxshi futbolchisi, 2014/2015 yilda “Krasnnodar” futbol klubida mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

282

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing