Odil Ahmedov haqida kitob yozildi

Sport

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq sardori va hozirda Xitoyning “Sanchjou” klubi futbolchisi Odil Ahmedov haqida kitob yozildi. Unda futbolchining faoliyati aks etgan va “Orzuning shonli yo‘li” deb nomlangan.

Bugun, 18 dekabr kuni o‘zbek futbolining yorqin namoyondasi Odil Ahmedov hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan ijodiy kecha tashkil etiladi. Kechada yozuvchi Baxtiyor Abdug‘afur qalamiga mansub “Orzuning shonli yo‘li” nomli kitobning taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli futbolchi joriy yilning 19 iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘FA kongressida milliy terma jamoadagi faoliyati yakunlanganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, Odil Ahmedov 2007 – 2021 yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida faoliyat yuritgan va 105 o‘yinda maydonga tushib, 20 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

500

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing