Odamlarning ehson pullarini o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi
3-sahifa
−
25 fevral 6980 1 daqiqa
Toshkent viloyatida 22 yoshli yigit Instagram tarmog‘ida bemor bolalarning videolarini montaj qilib, yordamga muhtojlarning ehson pullarini o‘zlashtirib kelgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyatida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan shaxs Instagram ijtimoiy tarmog‘ida bemor bolalar nomidan joylashtirilgan ehson videolarini yuklab olib, ularni qayta ishlab, montaj qilgan.
U asl videodagi bank karta raqamlarini o‘zgartirib, boshqa karta ma’lumotlarini joylashtirgan hamda fuqarolar yuborgan pullarni o‘zlashtirib kelgan.
Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, ushbu shaxs 2022 yil oktyabr oyidan fosh etilgunga qadar onasiga tegishli bank kartasiga 2000 ga yaqin tranzaksiya orqali jami 161 million so‘m mablag‘ tushirgan va uni shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 3-qismi, “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ehson qutisini o‘marib ketgan shaxs ushlangandi.
Live
Barchasi