Odamlarni 15 ming dollarga AQSHga jo‘natmoqchi bo‘lgan buxorolik ushlandi

3-sahifa

image

Samarqandda fuqarolarni aylanma yo‘llar bilan Amerika Qo‘shma Shtatlariga noqonuniy yuborayotgan jinoiy guruh a’zolaridan birining faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro shahrida yashovchi fuqaro odamlarni noqonuniy yo‘llar bilan Yevropa ittifoqi davlatlari va Meksika orqali AQSHga yuborish bilan shug‘ullangan.

U navbatdagi “mijozi” – samarqandlik fuqaroni AQSHga yuborish uchun 15 000 dollar so‘ragan. Tezkor tadbir chog‘ida firibgar ushbu puldan 3000 AQSH dollarini mahalliy fuqarodan olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

“Hozirda ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing