“Odamlaringiz xafa qildi”. Mirziyoyev chirchiqlik ayoldan xodimlarining harakati uchun uzr so‘radi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning hafta davomidagi faoliyati aks etgan “Maxsus rakurs” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida Prezidentning Toshkent viloyati Chirchiq shahriga tashrifi ham o‘rin oldi. Unda Prezident chirchiqlik ayoldan uni o‘zining oldiga yaqinlashtirmagan xodimlari nomidan uzr so‘radi.

Mahalla bilan tanishish jarayonida Prezidentning yoniga kelishga ruxsat berishmayotganidan shikoyat qilayotgan ayolning ovozi e’tiborni tortgan. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida uning yoniga Prezidentning o‘zi bordi va ayolning o‘g‘li bilan suratga tushdi. 

Shavkat Mirziyoyevning “kayfiyatingiz yaxshimi, nega yig‘layapsiz?” degan savoliga chirchiqlik ayol “odamlaringiz xafa qildi”, deya javob berdi. Shundan so‘ng Prezident ularning harakati uchun ayoldan uzr so‘radi:

“Ularning harakati uchun men uzr so‘rayman. Ovozingizni eshitdim-da, o‘zim keldim. Sog‘ bo‘ling. Mana hozir rasmga tushdik. Rasmini o‘zim olib kelib beraman”, dedi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2793

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing