Odamlarga yo‘q uyni sotgan firibgar ushlandi
3-sahifa
−
23 fevral
8081Jizzax viloyati Zafarobod tumanida 24 ta xonadon uchun 37 nafar fuqarodan pul undirgan MCHJ rahbari ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bildirilishicha, departamentning Zafarobod tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “I.C.” MCHJ rahbari “Bo‘ston” MFY hududida qurilgan 4 qavatli xonadondan uy berish va’dasi bilan uy soniga nisbatan ko‘p fuqarodan pul olgani ma’lum bo‘lgan.
Gap shundaki, turarjoy majmuasi 24 ta xonadondan iborat. Ammo MCHJ rahbari yana qo‘shimcha 13 ta xonadon uchun fuqarolardan jami 303,9 mln so‘m pul olgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda ikki firma uy-joylar qurib, sotish bilan fuqarolarni aldab, 27 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlangandi.
LiveBarchasi