Odamlar o‘laveradi, amaldorlar qamalmaydi

Intervyu

O‘zbekistonda har yili yuzlab odamlar yo‘l-transport hodisalari oqibatida halok bo‘ladi. Jumladan, 2022 yilning 8 oyi davomida piyodalar ishtirokida jami 2536 ta yo‘l-transport xodisalari sodir bo‘lgan. Ularda esa 516 nafar piyoda vafot etgan. Jarohatlanganlar soni 2084 nafarni tashkil etadi.

Odatda piyodani urib yuborgani uchun haydovchi ayblanadi va ko‘p hollarda qamaladi ham. Ammo yo‘l-transport hodisalariga doim piyoda yoki haydovchilarning e’tiborsizligi sabab bo‘lavermaydi. Yo‘llardagi kamchiliklar, noto‘g‘ri tashkillashtirilgan yo‘l harakati tizimi va tez-tez o‘zgarib turadigan yo‘l qoidalarining ham bunday falokatldarda ulushi katta. Biroq, buning uchun hech kim javobgarlikka tortilmaydi, yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkillashtirishga mas’ul bo‘lgan birorta amaldor qamalmaydi. Bundan faqat piyodalar yoki haydovchilar jabr ko‘radi. 

Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha ko‘p yillik ekspert Nosirjon Zokirovning fikricha, yo‘llarda haydovchi va piyodalarga qulay sharoitlar yaratilmaguncha, O‘zbekiston ko‘chalarida odamlar o‘laveradi.

“Men bundan bir yil avval Kichik halqa yo‘lini o‘rganib chiqqandim. Bu ko‘chada 70 km masofada 83 ta piyodalar o‘tish joyi bor ekan. Shundan 20 tasi svetafor bilan boshqariladi, qolgan 63 tasi svetafor bilan boshqarilmaydi. Ikkitasi yerosti o‘tish joyi, bittasi yerusti o‘tish joyi. Jami 60 ta piyodalar o‘tish joylarida piyodalarning xavfsizligi ta’minlanmagan”, deydi mutaxassis.

Uning aytishicha, O‘zbekistonda piyodalar uchun piyodalar o‘tish joyidan harakatlanish ko‘chaning istalgan qismidan kesib o‘tishga qaraganda xavfliroq. Chunki xavfsiz bo‘lmagan piyodalar o‘tish joyidan harakatlanishda piyodalar xuddi boulindagidek turishadi.

Shuningdek, Nosirjon Zokirov O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganini Toshkentning ayrim ko‘chalari misolida tushuntirib berdi. Biz mutaxassis bilan birgalikda haydovchilarning qoidalarga rioya qilgan-qilmagani bo‘yicha reyd o‘tkazadigan mas’ullarning o‘zi yo‘lda harakat xavfsizligini qanday tashkil qilgani, byudjet mablag‘lari qanday sarflanayotgani bo‘yicha reyd o‘tkazdik. 

Afsuski, poytaxt Toshkentdagi ko‘plab ko‘chalarda xafsizlik qoidalari to‘g‘ri ishlamaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

409

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing