Odam bo‘lishdan charchagan erkak bo‘riga “aylanish” uchun 23 ming dollar sarfladi

Bu qiziq

image

Yaponiyaning Tokio shahrida yashovchi 32 yoshli muhandis Toru Ueda haqiqiy bo‘ri libosini tiktirish uchun 3 million iyen (taxminan 23 ming dollar/261 mln so‘m) sarflagan. Bu haqda “LADbible” xabar berdi.

Kostyum teleko‘rsatuvlar va filmlar uchun rekvizitlar ishlab chiqaruvchi Zeppet kompaniyasi tomonidan tayyorlangan. Kostyumni tayyorlash uchun erkak kompaniya xodimlari bilan bir necha bor uchrashib, bo‘rilar suratlarini ko‘rsatgan va kiyimning eng mayda detallarini ham muhokama qilgan.


 
Yaponlar fikricha, u odam bo‘lishdan charchagan va bo‘riga aylanganda o‘zini erkin his qilgan. 

“Kostyumimni kiyganimda, o‘zimni odam emasdek his qilaman. Men insoniy munosabatlardan ozodman. Men ish va boshqa narsalar bilan bog‘liq barcha muammolarni unutishim mumkin. Oynaga qarasam, bo‘rini ko‘raman va bu juda hayajonli”, deb izoh bergan bo‘ri qiyofasidagi erkak.

Iloji boricha tez-tez bo‘riga aylanishni xohlasa-da, Toru Ueda ushbu libosni ko‘chalarda kiyib yurishni istamasligini aytgan. Shuningdek, u kostyumni maskaradlarda ham kiymoqchi emas. Faqatgina do‘stlari davrasida bo‘riga “aylanadi”.

Bu holat Yaponiya uchun yangilik emas. Avvalroq ham hayvonga aylanishni orzu qilgan Yaponiya fuqarosi it kostyumi uchun ikki million iyen (15 ming dollar) sarflagan edi. Kostyumni yaratish uchun 40 kun va bir nechta armatura kerak bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing