Isroil va Falastin yana bir kelishuvga erishdi

Olam

image

G‘azo sektorida faoliyat yuritayotgan XAMAS guruhi va Isroil  davlati o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda bugun, 25 fevral kuni "Anadolu" agentligi xabar bermoqda.

G‘azodagi ishonchli manbalarga ko‘ra, sulh kecha, 24 fevral kuni, mahalliy vaqt bilan soat 23:30 da kuchga kirdi. 

Avvalroq, Isroil kuchlari G‘azo sektorida bir falastinlikni o‘ldirgan edi. Bunga javoban XAMAS Isroil janubidagi nishonlarga 40 dan ortiq raketa hujumi uyushtirdi. G‘azo Sog‘liqni saqlash idorasi vakili Ashraf al-Qudra Falastin anklavida joylashgan guruhning Isroilga qilgan raketa hujumlarida 8 kishi jarohat olganini xabar qildi. 

Avvalroq, savdo urushini to‘xtatish bo‘yicha ikki davlat o‘zaro kelishuv imzolagan edi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

88

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing