Isroil va Falastin “savdo urushi”ni to‘xtatdi

Olam

image

Isroil va Falastin rasmiylari qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan o‘zaro sanksiyalarni bekor qilishga kelishib oldilar. Bu haqda bugun, 20 fevral kuni Ynyet nashri xabar berdi.

Mudofaa vaziri Naftali Bennet Falastin ma’muriyatidan Isroilga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazishni qayta boshlanishini aytdi. Shuningdek, Falastin ma’muriyati Isroildan chorva mollarini olib kirishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlaydi.

Taqiqni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror, Isroil hukumatining Falastin hududlaridagi koordinatori general-moyor Kamil Abu-Rukun boshchiligidagi muzokaralarda qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil Mudofaa vaziri Naftali Bennet shu oy boshida Falastin qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berishga taqiq qo‘ygandi. Bunga javoban Falastin rasmiylari Isroildan chorva mollarini olib kirishni taqiqladi.

Nurulloh Sharipov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Falastin Isroil

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing