Ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etuvchi institut tashkil etildi
Jamiyat
−
22 noyabr 2021
4235Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika Sud-ekspertiza markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati tashkil etildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 22 noyabrda qabul qilingan 704-son qarorida keltirilgan.
Qayd etilishicha, Institut sud ekspertiza sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boradi va ekspertiza muassasalariga ko‘mak beradi.
Shuningdek, Institut tomonidan ochilmagan jinoyatlarni tadqiq etish maqsadida statistik ma’lumotlar yig‘iladi. Davlat va nodavlat ekspertiza tashkilotlarining uslubiyotlarini ilmiy jihatdan asoslanganligini ko‘rib chiqish va xulosa berish ham aynan Institut tomonidan amalga oshiriladi.
Qarorga ko‘ra, Institut direktori Adliya vaziri tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi.
LiveBarchasi