Och qoringa nimalarni iste’mol qilish mumkin emas? 

Salomatlik

image

Qahva, sitrus mevali sharbatlar, shirin gazlangan ichimliklar va o‘tkir ziravorlarni och qoringa iste’mol qilmaslik kerak. Bu haqda shifokor-diyetolog, nutritsiolog Anna Belousova ma’lum qildi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, kofein ishtaha yo‘qolishiga sabab bo‘ladi, shuning uchun qahvani nonushtadan keyin biroz vaqt o‘tgach, iste’mol qilish yaxshiroq. 

Shuningdek, kunning boshida o‘tkir ziravorlar va souslardan voz kechish kerak, aks holda gastrit yoki oshqozon yarasi paydo bo‘lish xavfi ortadi. 

“Ertalab xantal, xren yoki sarimsoqli ziravorlar surtilgan buterbrod yeyish mumkin. U tetiklantirish, uyg‘onishga yordam berish bilan bir qatorda, gastritga ham to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi”, degan Belousova. 

Shuningdek, u gazli suv, ayniqsa, shirin suv och qoringa zararli ekanini ta’kidlagan. Och qoringa gazli suvni tez-tez iste’mol qilish oshqozon-ichak trakti kasalliklariga, masalan, oshqozon yarasi va gastritga olib kelishi aytilgan. 

Bundan tashqari, Belousova sitrus mevali sharbatlar iste’mol qilishga e’tibor qaratgan. Diyetologning tushuntirishicha, ushbu sharbatlarni to‘liq nonushta bilan birlashtirish kerak, aks holda ular ovqat hazm qilish tizimidagi buzilishlarga olib keladi.


Maqola muallifi

Teglar

qahva sharbat gazlangan ichimlik

Baholaganlar

449

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing