Qahva kimlarga zarar?

Salomatlik

image

Qahvaga ko‘p miqdorda qaymoq yoki sut qo‘shish qonda xolesterin darajasi yuqori bo‘lgan odamlarga sezilarli zarar yetkazishi mumkin. Bu haqda diyetolog Eleana Kaydanyan “Eat This, Not That” portalida ogohlantirgan.  

“Qahvaga har kuni (va odatda kuniga bir necha marta) qo‘shiladigan qaymoq va sut tarkibidagi to‘yingan yog‘lar odamning xolesterin darajasiga ta’sir qilishi mumkin”, degan u. 

Shifokorning ta’kidlashicha, xolesterin darajasining ortishi odamda o‘zini namoyon qilmaydi, ammo vaqt o‘tishi bilan u jiddiy sog‘liq muammolari, birinchi navbatda yurak va qon tomirlari kasalliklari bilan tahdid qiladi. 

Ta’kidlanishicha, xolesterin miqdori odamlar iste’mol qiladigan yog‘larga ta’sir qiladi. Shunday qilib, sariyog‘, kolbasa va qizarib pishgan ovqatlarda mavjud bo‘lgan to‘yingan yog‘lar nosog‘lom, to‘yinmagan yog‘lar esa organizm uchun foydalidir. 

Kaydanyan, shuningdek, foydali to‘yinmagan yog‘lar orasiga avokadoni ham kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

qahva

Baholaganlar

453

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing