Obamadan Bushgacha. Eron sudi AQSH rasmiylarini 313 mln dollar tovon to‘lashga hukm qildi

Olam

image

Eron sudi AQSH hukumati va bir qator AQSH rasmiylarini, jumladan, sobiq prezidentlar Jorj Bush va Barak Obamani 2017 yilda Tehronda sodir bo‘lgan terrorchilik hujumlari uchun taxminan 313 million dollar tovon to‘lashga hukm qildi. Bu haqda Eron sud tizimiga aloqador “Mizan” axborot agentligi xabar berdi.

AQSH hukumati, bir qator Amerika rasmiylari va tuzilmalariga qarshi da’vo hujumda halok bo‘lganlarning oilalari tomonidan qo‘zg‘atilgan.

Xususan, AQSHning sobiq prezidentlari Obama va kichik Bush bilan birga Tehrondagi terakt ishi bo‘yicha ayblanuvchilar ro‘yxatiga AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA), AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) va unining sobiq qo‘mondoni Tommi Frenks, G‘aznachilik departamenti, Lockheed Martin va American Airways Groupe kabi tashkilotlar ham yeiritilgan. Bu shaxslar va tuzilmalar guruhi terrorchilik guruhlari, jumladan, ISHID jangarilari tashkil etish va boshqarishda asosiy rol o‘ynaganlikda ayblangan.

Sud AQSH hukumati, muassasalar va mansabdor shaxslarini yetkazilgan moddiy zarar uchun 9 million 950 ming dollar, ma’naviy zarar uchun yana 104 million dollar, jazoviy zarar uchun esa 199 million dollar tovon to‘lashga hukm qilgan. Bu mablag‘larning barchasi Tehrondagi teraktda halok bo‘lganlarning oilalariga to‘lanishi aytilgan.

Ma’lumot uchun, 2017 yil 7 iyun kuni Tehronda sodir bo‘lgan terakt oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan, yana 43 nafar Eron fuqarosi jarohat olgan. O‘shanda Eron parlamenti va Humayniy maqbarasiga qator hujumlar uyushtirilgan. Hujum uchun javobgarlikni ISHID o‘z zimmasiga oldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Obama Bush

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing