Obama davrida muhim lavozimda ishlagan ayol AQSHning BMTdagi doimiy vakili bo‘ldi 

Olam

image

AQSH Senati davlatning Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili lavozimiga Linda Tomas-Grinfild nomzodini ma’qulladi. 

Tomas-Grinfild joriy yilning yanvar oyida yangi rahbariyatni tark etgan Kelli Kraft o‘rnini egalladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Linda Tomas-Grinfild 68 yoshli amerikalik diplomat. 

U AQSHning 44-Prezidenti Barak Obama davrida Davlat kotibining Afrika masalalari bo‘yicha yordamchisi bo‘lgan. 

Avvalroq, AQSH Kongressi Senati Obama davrida vazir bo‘lgan Tom Vilsakni mamlakatning Qishloq xo‘jaligi vaziri etib tasdiqlagani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Tomas-Grinfild

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar