OAV: Twitter Clubhouse ijtimoiy tarmog‘ini sotib olishga qiziqmoqda 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

So‘nggi oylarda Twitter Clubhouse ijtimoiy tarmog‘ini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda "Bloomberg" xabar bergan.  

Xabarga ko‘ra, ikki tomon kelishuv shartlarini muhokama qilgan, unga ko‘ra Clubhouse 4 milliard dollarga baholangan. 

Ayni paytda esa muzokaralar to‘xtatilgan, hozircha buning sababi noma’lum. 

Tomonlar vakillari ushbu ma’lumotga izoh bermagan. 

"Bloomberg" shu hafta boshida Clubhouse'ning sarmoyadorlardan taxminan 4 milliard dollar yig‘ish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar bergan. 

Agentlikning ta’kidlashicha, Twitter bilan muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragandan so‘ng, kompaniya ushbu miqdordagi mablag‘ni olishning boshqa usullarini topishga urinib ko‘rgan bo‘lishi mumkin. 

Ishtirokchilarning ovozli aloqasini ta’minlaydigan va onlayn tarzda radio-shou tashkil etishga imkon beradigan Clubhouse ijtimoiy tarmog‘i bor-yo‘g‘i bir yildan beri mavjud, ammo u shu fursat ichida taniqli biznesmenlar va Gollivud yulduzlarining qiziqishini uyg‘otishga muvaffaq bo‘lgan. 

Katta ijtimoiy tarmoqlar, shu jumladan, Twitter allaqachon uning muqobillarini ishlab chiqarishni boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Twitter Clubhouse

Baholaganlar

18

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing