OAV: Tramp 2024 yildagi saylovlarga tayyorgarlikni boshlab yuborgan 

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp saylangan Prezident Jozef Baydenning inauguratsiya marosimi vaqtida 2024 yildagi prezidentlik saylovlarida qatnashishini e’lon qilishi mumkin. Inauguratsiya marosimi 2021 yilning 20 yanvarida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "The Daily Beast" ma’lum qilgan.

Manbalarga ko‘ra, respublikachi Tramp o‘zining maslahatchilari bilan navbatdagi saylovdan deyarli to‘rt yil oldin saylov kampaniyasining boshlanishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilmoqda. 

"Baydenning g‘alabasi rasman tasdiqlangan taqdirda, Tramp yanvar oyining so‘nggi haftasida navbatdagi saylovlarda ishtirok etish niyati haqida e’lon qilishi mumkin", deyilgan xabarda.

Avvalroq, AQSH aholisining qariyb 47 foizi amaldagi davlat rahbarining 2024 yildagi prezidentlik poygasida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlayotgani haqida xabar bergandik

Eslatib o‘tamiz, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. AQSH Prezidenti nomini e’lon qiladigan Saylovchilar kollegiyasi yig‘ilishi 14 dekabr kuni o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing