Poroshenkoning davlat to‘ntarishi o‘tkazish rejasi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy partiyasi “Sluga naroda” sobiq Prezident Pyotr Poroshenko tayyorlayotgan davlat to‘ntarishining oldini olish uchun Arsen Avakovni Ichki ishlar vaziri lavozimida qoldirishni rejalashtiryapti. Bu haqda “Strana.ua” nashri “Sluga naroda” partiyasidan bo‘lgan deputat Liza Bogutskiyning yozishmalariga tayanib xabar berdi.

Xabarda deputat Poroshenko davlat to‘ntarishiga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgani va harakatga o‘tish uchun Avakovning ishdan olinishini kutayotgani aytilgan. Avakov kamida dekabr oyigacha IIV rahbari bo‘lib qoladi. Chunki Poroshenko shu oyda to‘ntarishni rejalashtirgan.

Avvalroq, Zelenskiy deputatlarga Avakovni Ichki ishlar vaziri etib qayta tayinlashni taklif qildi. U bu lavozimni 2014 yildan beri egallab keladi.

Avakov va Poroshenko o‘rtasida ko‘p yillik mojaro mavjud, ammo vazir bu haqiqatni 2019 yilda tan oldi. Zelenskiy saylovda halaba qozongach, vazir Poroshenkoning jinoyati fosh etilsa qonun oldida javob berishi kerakligiga bir necha marta sha’ma qilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Pyotr Poroshenko

Baholaganlar

129

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing