OAV: Bayden Yelizaveta II bilan uchrashuvda qator xatolarga yo‘l qo‘ydi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden rafiqasi Jill bilan “Katta yettilik” sammitiga Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II dan keyin kelib, qirollik protokolini buzgani haqida xabar bergandik.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bayden Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II bilan uchrashuvda yana bir qator xatolarga yo‘l qo‘ygan. Xususan, Baydenning Yelizaveta II undan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin haqida so‘raganini oshkor qilgani norozilikka sabab bo‘lgan.

“Qirolicha auditoriyasi qat’iy ravishda maxfiy va uning tarkibini oshkor qilish ishonchni buzish hisoblanadi. Prezident Bayden qirolicha Rossiya va Xitoy rahbarlari haqida so‘raganini aytib, haqiqatan ham bu qoidani buzdi”, deya tushuntirgan qirollik mutaxassisi Richard Fitsuilyams. 

Bundan tashqari, Amerika Prezidenti Britaniya qirolichasi bilan uchrashganda quyoshdan saqlovchi ko‘zoynagini yechmagan, bu ham protokolni buzish hisoblanadi. 

“Agar siz qirolicha bilan yuzma-yuz uchrashsangiz, quyoshdan saqlovchi ko‘zoynak yoki shunga o‘xshash narsalarni taqmasligingiz shart, chunki ko‘z bilan muloqot qilish juda muhimdir. Bu yerda sizning kim ekanligingiz ahamiyatsiz, hatto qirollik oilasi a’zolari ham qirollik shaxslari bilan uchrashganda quyoshdan saqlovchi ko‘zoynaklarini yechib olishadi”, degan shahzoda Charlz va uning rafiqasi, Kornuoll gersoginyasi Kamillaning sobiq bosh xizmatkori Grant Xarrold.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

871

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing