Ohangaronda “Zil-130” yuk mashinasi yonib ketdi
Jamiyat
−
24 yanvar 2021 6988 1 daqiqa
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida “Zil-130” yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 23 yanvar kuni soat 15:00 larda, Toshkent viloyati Ohangaron shahar Amir Temur shoh ko‘chasi “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Angren-Toshkent” yo‘nalishida 1988 yilda tug‘ilgan haydovchi D.A. boshqaruvidagi “Zil-1308 rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan Ohangaron shahar IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr