Ohangaronda yuk mashinasiga urilgan Matiz haydovchisi vafot etdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Keltirilishicha, voqea kecha, 14 avgust kuni soat taxminan 07:00 larda Ohangaron tumani hududidan kesib o‘tuvchi  “Olmaliq-Toshkent” avtomobil yo‘lining 25-kilometrida yuz bergan. 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi K.X. boshqaruvidagi Matiz rusumli transport vositasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan 1976 yilda tug‘ilgan haydovchi J.S. boshqaruvidagi Sinotruk rusumli yuk avtomobilining orqa qismiga borib urilgan. Oqibatda Matiz avtomashinasi haydovchisi K.X. tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 avgust kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 18 yoshli haydovchi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Ohangaron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made