Ohangaronda 26 yoshli yigitning jasadi osilgan holda topildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Angrenda yosh yigit katta ehtimol bilan o‘ldirilib, daraxtga osib ketilgani haqida xabar tarqaldi. Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 19 iyul kuni Ohangaron tumani, “Alisher” MFY hududidagi yo‘l yuzida joylashgan daraxtda 26 yoshli yigitning murdasi bo‘yin sohasidan osilgan holatda topilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotida marhumning o‘limi bo‘yin sohasini sirtmoq bilan siqilishi oqibatida kelib chiqqani ko‘rsatilgan. Marhumning tanasida boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan.

Qayd etilishicha, hozirda Ohangaron tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Ohangaron

Baholaganlar

566

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing