Ohangaron tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
20 may
6422Toshkent viloyatidagi Ohangaron tumaniga Doniyor Madirimov hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Doniyor Madirimov tayinlovga qadar Toshkent viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Doniyor Mamatsaliyevich Madirimov 1979 yili Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 1999 yilda O‘zbekiston Milliy universitetini, 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
U Toshkent shahar Statistika boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasida bo‘lim boshlig‘i, Shayxontohur tumani hokimining o‘rinbosari, Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo iqtisodiy boshqarmasi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i singari mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning avgust oyidan beri Ohangaron tumanini boshqarib kelayotgan Erkin Muhiddinov Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
LiveBarchasi