Ohangaron tumani hokimi lavozimidan ozod etilishi kutilyapti

Jamiyat

image

Ayni paytda Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda tuman hokimi Abduvohid To‘xtaboyevich Turdiboyev, prokurori, soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimidan ozod etiladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala kiritilgan. Ayni vaqtda kun tartibidagi masala bo‘yicha viloyat hokimi Rustam Xolmatov ma’ruza qilmoqda.

Viloyat hokimi o‘z so‘zida keyingi vaqtlarda Ohangaron tumanini ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, shuning barobarida, amalga oshirilgan bir qator loyihalar bo‘yicha fikr bildirdi.

Ma’lumot uchun, Abduvohid Turdiboyev 2019 yilning 12 iyunidan beri Ohangaron tumanini boshqarib kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

160

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing