Ohangaron shahriga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 4 iyun kuni Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, sessiyada viloyat hokimi Rustam Xolmatov ishtirok etib, nutq so‘zlagan. U keyingi paytda yig‘ilib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, xususan, aholi bandligini ta’minlash sohasida to‘planib qolgan masalalar, qulay tadbirkorlik muhitini yaratish bo‘yicha joriy islohotlarni o‘z vaqtida va yuqori saviyada ijro etish singari masalalarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilgan. 

Ohangaron shahar hokimi Odiljon Jo‘rayev lavozimidan ozod etilgan. 

“Shundan so‘ng, Xalq deputatlari Ohangaron shahri Kengashi deputatlari Eshonqulov Akrom Jo‘rayevich nomzodini Ohangaron shahri hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorni ochiq ovoz berish yo‘li bilan tasdiqlashdi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, Akrom Eshonqulov 1976 yil 16 fevralda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Georgiy Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot akademiyasi hamda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Mutaxassisligi - iqtisodchi.

Akrom Eshonqulov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Respublika bo‘ysunuvidagi shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘limining Olmaliq shahrini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ohangaron

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing