Ohangaron hokimligi mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
04 iyul 6543 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Ohangaron shahar hokimligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs boshqa bir shaxsning ishonchiga kirib, sud orqali uning ishini hal qilib berish maqsadida pul talab qilgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, shahar hokimligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yurituvchi mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalangan holda 1958 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, hokimiyat balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan 3 xonali xonadonni sud tizimidagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Noqonuniy ravishda yordam bermoqchi bo‘lgan mazkur mansabdor shaxs uyning narxini 15000 dollarga kelishib hamda sud organlaridagi tanishlari uchun 3500 dollar berishini aytib, jami 18500 dollar talab qiladi.
U oldindan 9500 dollar olgan vaqtida maxsus xodimlar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda hokimiyat vakiliga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida tergov sudyasi hamkasblari orqali oqlov hukmini chiqartirib berish uchun fuqarodan 15 ming dollar talab qilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi