Oh, metro! Toshkentda yana metro to‘xtab qoldi

3-sahifa

image

Bugun, 23 fevral kuni Toshkent metropolitenining “Ming o‘rik”, “Yunus Rajabiy” hamda “Abdulla Qodiriy” bekatlarida poyezdlar 30-40 daqiqa to‘xtab qoldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, voqea taxminan soat 13:30 dan 14:10 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yuz bergan. Ayni metro poyezdi to‘xtab qolgan vaqt talalabalarning o‘qishdan qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Oqibatda yer ostida odamlar “to‘da”si paydo bo‘lgan.

Holat yuzasidan, Toshkent metropoliteni Matbuot xizmati izoh berishicha, “Abdulla Qodiriy” metro bekatida 65-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik aniqlangani sabab ushbu bekatda yo‘lovchilar tushirilgan.

Shundan so‘ng, “Yunus Rajabiy” bekatida harakatlanayotgan 62-sonli poyezd ham yo‘lovchilarni  bekatda qoldirib,  65-marshrutni depo tomon harakatlantirgan. 

“Soat 14:10 dan boshlab poyezdlar qatnovi doimiy grafik asosida o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, “Kosmonavtlar” bekatida harakatlanayotgan 34-sonli harakat tarkibida ham nosozlik kuzatilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metrosida 2021 yil mobaynida metro poyezdlarining harakat vaqtida to‘xtab qolishi, manzilga yetmay yo‘lovchilarni tushurib yuborishi yoki yurib ketayotgan poyezd eshiklarining ochilib ketishi kabi holatlar ro‘y bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing