“Nyurnberg” futbolchisida koronavirus aniqlandi

Sport

image

Germaniyaning “Nyurnberg” futbolchisi Fabian Nyurnberger koronavirus yuqtirib olgani haqida klub rasmiy sayti xabar bermoqda. Hozircha futbolchida koronavirusga chalinganini dastaklovchi alomatlar sezilmayapti. 

“Nyurnberg” jamoasining barcha futbolchilari va klub xodimlariga koronavirusni aniqlovchi testdan o‘tish kerakligi  aytilmoqda. Jamoa a’zolari ikki haftalik karantinga olindi.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta, “Lester” klubining uch nafar futbolchisi va Dushan Vlaxovichda koronavirus alomatlari aniqlangan edi.

Ma’lumot o‘rnida, ayni damda Italiya A seriyasi, La Liga, APL, Yevropa chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va bir qator yirik musobaqalar koronavirus sabab to‘xtatildi.

Hozirga qadar 145 902 kishi koronavirusni yuqtirib olgan. 5438 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan. 72 553 kishi kasallikni yengib o‘tib, butkul sog‘ayib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Futbol Koronavirus Nyurnberg Fabian Nyurnberger

Baholaganlar

16

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing