NYT: Tramp 10 yildan beri umuman soliq to‘lamagan
Olam
−
28 Sentabr 2020
9684AQSH Prezidenti Donald Tramp so‘nggi 15 yilning 10 yilida umuman soliq to‘lamagani ma’lum bo‘ldi. Milliarderning soliq deklaratsiyasini qo‘lga kiritib, uni tahlil qilib chiqqan “The New York Times” nashri jurnalistlari shuni aniqlagan.
Tramp 2016 va 2017 yilda atigi 750 dollar federal soliq to‘lagan. Vaholanki, u va uning kompaniyasi Panamada 15 598 dollar, Hindistonda 145 400 dollar va Filippinda 156 824 dollar soliq to‘lagan.
U bunday uzoq vaqt davomida soliq to‘lamay kelishiga, hisobotlarda ishlab topgan pullaridan ko‘ra ko‘proq yo‘qotganini aytib kelgani sabab bo‘lgan.
Soliq hisobotlarida topganidan ko‘ra ko‘proq zarar ko‘rsatib kelgan. Masalan, uni ko‘p holatlarda u uyidan bu uyiga tashigan samolyoti xarajatlarini tadbirkorlik xarajatlari sifatida ko‘rsatgan, parikmaxer, ya’ni soch turmaklashi xarajatlari 70 ming dollardan ziyod bo‘lib, uni ham biznes xarajati sifatida ko‘rsatgan.
Nashr Tramp boshlagan saydov kampaniyasi ham moddiy tomondan tang ahvolda ekanini ta’kidlagan. Bundan tashqari, Tramp qarshisida Soliq xizmati bilan 10 yillik auditorlik jangi ham bor. Gap shundaki, milliarder katta zarar ko‘rganini aytib, 72,9 million dollar soliqni qaytarib olgan. Agar uning zarar ko‘rgani uydirma bo‘lib chiqsa, Tramp 100 mln dollar to‘lashi kerak bo‘ladi.
Qiyoslash uchun: AQSHda maktab o‘qituvchisi yiliga o‘rtacha 7200 dollar, o‘t-o‘chiruvchilar 5200 dollar va hamshiralar 10000 dollar federal daromad solig‘i to‘laydilar. Yoki, 2017 yilda, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha soliq to‘lovchi 12 000 dollar daromad solig‘ini to‘lagan.
LiveBarchasi