NUJ haqida AQSH razvedkasi hisoboti: 143 ta sirli holat aniqlangan

Olam

image

AQSH razvedkasiga 2004 yil noyabridan 2021 yil martigacha noma’lum uchar jismlar (NUJ) haqida 144 dan ortiq xabar kelib tushdi. Shuning 143 ta holatida kuzatilgan hodisalarni aniqlashning yoki tushuntirishning imkoni bo‘lmadi. Bu haqda AQSH Milliy razvedka boshqarmasining direktori hisobotida xabar berilgan.

Ma’lum qilinishicha, AQSH razvedka idoralari mamlakat Kongressining talabiga binoan ushbu ma’lumotlarni tayyorlagan. Bu orqali qonun chiqaruvchilar razvedkachilar noma’lum hodisalar haqidagi ma’lumotlarni kongressmenlardan yashirishga urinmayotganini aniqlashga qaror qilgan. 

Xabarga ko‘ra, hujjatda 144 ta noma’lum uchar jismlar qayd etilgani tahlil qilingan. O‘sha ob’ektlardan faqat bittasi aniqlangan — bu, katta ehtimol bilan havo shari bo‘lib chiqqan. AQSH razvedkasi qolgan 143 ta noma’lum uchar jismning aslida nima ekanini aniqlay olmagan.

Qayd etilishicha, yuqoridagi 143 ta aniqlanmagan holat bo‘yicha hisobotda bir nechta tushuntirishlar berilgan: tabiiy atmosfera hodisalari, qushlar, havo sharlari va uchuvchisiz samolyotlar bo‘lishi mumkin. Noma’lum hodisalarning yana bir qismi Xitoy yoki Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan yuqori texnologiyalar bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.

Hisobotda ommaviy madaniyatda mashhur bo‘lgan nazariyalar g‘ayritabiiy sivilizatsiyalar bilan aloqalar to‘g‘risida hech narsa qayd etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

964

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing