Nursulton Nazarboyev va uning to‘ng‘ich qizi Prezidentlikka da’vo qilishi mumkinligi aytildi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senatining sobiq spikeri Darig‘a Nazarboyeva davlat rahbari lavozimiga o‘z nomzodini ko‘rsatish huquqiga ega. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Shavkat O‘temisov parlament majlisida aytib o‘tdi.

Uning aniqlik kiritishicha, birinchi Prezident Nursulton Nazarboyev ham shunday huquqqa ega.

“Albatta qatnasha oladi. Nursulton Nazarboyev ham qatnashishi mumkin. Prezidentlikka nomzodlar uchun qo‘yilgan talablarga javob beradigan har qanday shaxs o‘zini ko‘rsatishi mumkin”, deydi O‘temisov jurnalistlar savollariga javob berar ekan.

Bundan tashqari, majlisda Qozog‘iston Adliya vaziri Kanat Musin Qozog‘istonda siyosiy partiyalarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilinishi haqida gapirgan.

Eslatib o‘tamiz , joriy yilning 1 sentyabr kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari o‘tkazilishini e’lon qildi. Ular 2022 yilning kuzida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, ammo hozircha aniq sana yo‘q.

Avvalroq, Qozog‘iston Adliya vaziri o‘rinbosari Alma Mukanova 2 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament yig‘ilishida Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev kuzda bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing