Nurmuhamedovning davomchisi UFC'ning yangi chempioniga aylandi (video)

Sport

image

Bugun, 23 oktyabr Birlashgan Arab Amirliklaraining Abu-Dabi shahrida, UFC 280 turnirining asosiy to‘qnashuvi doirasida  Charlz Oliveyra va Islom Maxachev UFC yengil vazn toifasining chempionligi uchun oktagonga ko‘tarildi.

Birinchi raundda Charlz Islomga nisbatan bo‘gish uslubini ishlatishga harakat qildi. Biroq rossiyalik sportchi vaziyatdan chiqib ketishning yo‘lini topdi. Islom raund ekvatorida raqibini sambo uslubida parterga yotqizdi. Oliveyra esa Islomga uslub ishlatishga yo‘l qo‘ymaslikning harakatida bo‘ldi.

Ikkinchi raundni ikki tomon ham faol boshladi. Ikkinchi 5 daqiqalik asosan “stoykada”da o‘tayotgandi. Biroq Isom raund yakunlanishiga oz qolganda Oliveyrani bug‘ib qo‘ydi va g‘alaba qozondi.

Qayd etish kerakki, Islom Maxachev sobiq chempion Habib Nurmuhamedovning jamoadoshi hisoblanadi. MMA olamida Islomning cho‘qqiga chiqishida asosiy rolni Habib o‘ynagan degan tasavvur mavjud.

Ma’lumot uchun,  Charlz Oliveyra MMA'dagi professional faoliyati davomida 42 ta jang o‘tkazib, 33 ta g‘alaba va 8 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Islom Maxachev esa 23 ta jangidan 22 tasida g‘alaba qozongan. Islomning hisobida 1 ta mag‘lubiyat ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

788

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing