Nurmat Otabekovda koronavirus aniqlandi. U shifoxonaga yotqizilgan

Jamiyat 19861
image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekovda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Matbuot kotibi Muhammadjon Bozorov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. 

Ayni vaqtda Nurmat Otabekovda koronavirus infeksiyasining klinik belgilari qayd etilmagan. U Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Epidemiologiya,  mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti shifoxonasida davolanmoqda.

Joriy yilning iyul oyi boshida Otabekovning o‘g‘lida koronavirus infeksiyasi aniqlangan edi. Infeksiya aniqlangan bemor bilan kontaktda bo‘lgani ehtimoli bilan Nurmat Otabekov ham bir haftalik karantinga olingandi. 

Bozorovning ta’kidlashicha, Nurmat Otabekovda kasallik yengil kechmoqda. Faqatgina uning yoshi inobatga olinib, shifoxonaga joylashtirilgan. U tez orada yana o‘z ishiga qaytadi.

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 940
Reyting: 3
t
×