Nur-Sultonda kafe portladi. Qurbon bor
Olam
−
21 noyabr 2020
7512Bugun, 21 noyabr kuni Qozog‘iston poytaxti Nur-Sultondagi kafeda portlash sodir bo‘lgan. Natijada bir kishi halok bo‘lgan va 33 kishi jarohatlangan. Bu haqda Qozog‘iston poytaxti Sog‘liqni saqlash boshqarmasi Matbuot xizmatiga asoslanib xabar berilgan.
Ta’kidlanishicha, kafega aylantirilgan kottejda gaz balloni portlagan. Portlash natijasida oshxonaning tomi qulab tushgan. Qutqaruvchilar bino ichidan 15 ta gaz balloni chiqarib olishgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyida bir kishi vafot etgan. 33 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, voqea sodir bo‘lgan joyda uchta tez yordam brigadasi navbatchilik qilgan, "103" xizmatining jami 22 ta brigadasi jalb qilingan.
LiveBarchasi