Nunu Mendesh “Barselona” bilan o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Sport
−
11:54 381 1 daqiqa
“Pari Sen-Jermen” himoyachisi Nunu Mendesh Fransiya chempionatining yettinchi turida “Strasburg”ga qarshi (3:1) uchrashuvda chap son qismidan jarohat oldi. Shu sababli portugaliyalik futbolchi Chempionlar ligasi doirasidagi “Barselona”ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda Parij klubi matbuot xizmati rasmiy saytida xabar berdi.
Mendesh joriy yilning 20 oktyabr kuni Chempionlar ligasining uchinchi turi doirasida “Barselona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Bahs Parijdagi stadionda bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Luis Enrike shogirdlarini oldinda “Lion” (25 oktyabr) va “Gavr” (30 oktyabr) jamoalariga qarshi uchrashuvlar ham kutmoqda. Mendesh, shuningdek, noyabr oyidagi xalqaro tanaffus oldidan “Vilyarreal” (3 noyabr) va “Trua” (7 noyabr) bilan bo‘ladigan bahslarda ham ishtirok etmasligi mumkin.
Ma’lumot uchun, Nunu Mendesh joriy mavsumda PSJ safida yettita uchrashuvda maydonga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” ikki nafar himoyachisi Erik Garsiya va Jyul Kundelar ham jarohat sababli Parij klubiga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvini o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi