Nukusdagi “Do‘stlik” kanaliga 1,5 oy ichida uchinchi qiz o‘zini tashladi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida 2002 yil tug‘ilgan qiz o‘zini “Do‘stlik” kanaliga tashladi. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 10 iyun kuni tungi soat 22:10 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan patrul yo‘nalishida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari olingan xabarga ko‘ra, ko‘rsatilgan manzilga yetib borib, Nukus shahri hududi bo‘ylab o‘tgan “Do‘stlik” kanaliga o‘zini tashlagan qizni suvdan qutqarib olgan.

O‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan ushbu qiz, dastlabki surishtiruvlar mobaynida Qorao‘zak tumanida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro U.T. ekani ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu Nukus shahrida qizlarning o‘zini kanalga tashlash bo‘yicha yaqin kunlardagi uchinchi holat hisoblanadi. Joriy yilning 26 aprel kuni ham Nukusdagi “Do‘stlik” kanaliga o‘zini kanalga tashlagan qizning hayoti saqlab qolingandi.

Shuningdek, joriy yilning 19 may kuni ushbu kanalga 15 yoshli qiz o‘zini tashlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing