Nukusda pichoqlangan 20 yoshli talaba qiz vafot etdi

3-sahifa

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida 20 yoshli pichoqlangan qiz vafot etdi. Bu haqda Respublika prokuraturasi xabar bermoqda.

Joriy yilning 2 aprel kuni Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi, 2000 yil tug‘ilgan fuqaro U.T. Nukus shahrida joylashgan 36-sonli maktab yonida o‘zi bilan olib kelgan xo‘jalik pichog‘i bilan tanishi – Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi S.S. (qiz) ning orqa tarafiga 3 marotaba urib, shu yerda bo‘lgan T.A. ga ham bir necha marta pichoq bilan jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan.

Oqibatda S.S. hamda T.A. og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Biroq, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan 3 aprel kuni S.S. shifoxonada vafot etgan.

Ushbu hodisa bo‘yicha Nukus shahar prokuraturasi O‘zbekiston JKning 97-moddasi 2-o‘limi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, U.T. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. 

Ayni paytda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

939

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing