Nukusda kanal qazish va ta’mirlashdagi talon-torojlik fosh etildi
Jamiyat
−
08 fevral 2021
4299Nukus tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanalni qazish va qayta ta’mirlashdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura QALAMPIR.UZ’ga xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “N.” MCHJga hududdan oqib o‘tuvchi kanalni qazish va qayta ta’mirlash ishlari bo‘yicha tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi tomonidan jamiyat hisob raqamiga ishlar to‘liq bajarilmagan bo‘lsa-da, 145,3 mln so‘m byudjet mablag‘lari o‘tkazib berilganligi oqibatida, ushbu mablag‘lar talon-toroj qilingani aniqlangan.
Shuningdek, tuman hokimligi tanlov komissiyasi bayonnomasiga tanlovda ishtirok etmagan jamiyatlarni tanlovda ishtirok etganligi to‘g‘risida soxta ma’lumotlar kiritilib, “N.” MCHJ tanlov g‘olibi etib belgilaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi