Nukusda bir-biriga tutash 4 ta uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 24 sentyabr kuni Qoraqolpog‘istonning Nukus shahrida bir-biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.  

Qayd etilishicha, soat 15:45 da Nukus shahrining Qumovul mahallasi Cheginbayev ko‘chasida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 15:47 da yetib borib, yong‘inni 17:05 da to‘liq bartaraf etgan. 
  
Yong‘in oqibatida bir biriga tutash qurilgan 4 ta uyning tahminan 357 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.  
  
Xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 sentyabr kuni Toshkentda ham shunga o‘xshash falokat yuz berib, bir-biriga tutash uylarda yong‘in sodir bo‘lgandi. O‘shanda olov 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan o‘chirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

47

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing