Nukusda 2 yashar bola doridan zaharlanib vafot etdi
3-sahifa
−
23 fevral 2023
10725Nukusda 2 yashar bola sipermetrin – o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish vositasidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 27 yanvar kuni soat 08:40 da 2020 yili tug‘ilgan voyaga yetmagan M.A va uning 2004 yilda tug‘ilgan akasi B.B. respublika Shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining hududiy filialiga zaharlanish tashxisi bilan olib kelingan.
Ko‘rsatilgan shoshilinch tibbiy yordamga qaramasdan voyaga yetmagan M.A. shu kuni shifoxonada vafot etgan, uning akasi B.B. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalardan keyin sog‘ayib, 30 yanvarda uyiga ruxsat berilgan.
Voyaga yetmagan B.B. shifoxonada shifokorlarga 25 yanvar kuni oziq-ovqat do‘konidan tez tayyorlanadigan lapsha sotib olib, ukasi bilan birga iste’mol qilganini bildirgan. Mazkur ma’lumotlarning haqqoniyligi qonunda belgilangan tartibda tekshirilmasdan turib, joriy yilning 28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida “Bolalar lapshadan zaharlangan” degan mazmunda noto‘g‘ri xabarlar tarqatilgan.
Prokuratura organlari tomonidan tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshirishda oziq-ovqat do‘konida sotuvga qo‘yilgan lapsha mahsulotlari muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lib, ular tarkibida toksik elementlar aniqlanmagan.
Mazkur holat bo‘yicha 27 yanvarda Nukus shahar prokuraturasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida zaharlangan fuqarolar xonadoni ko‘zdan kechirilganda, omborxonasida saqlanayotgan qopda o‘tkir hidli modda borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, M.A.ning o‘limi organofosfor birikmasi (sipermetrin) bilan o‘tkir zaharlanish va nafas olish yetishmovchiligidan kelib chiqqani, qonida topilgan sipermetrin moddasi marhumning uyidan ashyoviy dalil tariqasida olingan modda tarkibi bilan bir xil ekanligi aniqlangan.
Voyaga yetmagan B.B.ga nisbatan o‘tkazilgan ekspertiza xulosasida ham, u aynan sipermetrin moddasi ta’sirida zaharlangani ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2014 yil 29 apreldagi 103-sonli bo‘yrig‘iga ko‘ra, sipermetrin o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish vositasi sifatida foydalanishga ruxsat etilgan.
Holat yuzasidan so‘ralgan voyaga yetmagan B.B. o‘z ko‘rsatmasida otasi Q.B.ning ko‘rsatmasiga asosan, 25 yanvar kuni uyining ichki qismi va atrofiga kemiruvchilarga qarshi o‘tkir hidli moddani sepib chiqqanini bayon qilgan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida xonadon egasi Q.B. o‘g‘li B.B.ning ko‘rsatmalarini tasdiqlab, o‘g‘li sepganidan keyin qolgan moddalarni qopi bilan omborxonasiga saqlash uchun qo‘yganini bayon qilib, holat yuzasidan hech kimga e’tirozi yo‘qligini bildirgan.
Tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko‘ra, joriy yilning 22 fevral kuni jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.
LiveBarchasi