Nukus voqealarida ayblangan Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Jamiyat
−
31 yanvar 2023
9571Bugun, 31 yanvar kuni Buxoroda 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Ye. Abibullayev raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqilgan.
Sud hukmiga ko‘ra, Davletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
U Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi, 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. JKning 59-moddasi tartibida 16 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, jazoning dastlabki 2 yilini turmada, qolgan qismini qattiq tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.
Shuningdek, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Ombudsman vakolatlarini yanada kengaytirish, bu boradagi jamoatchilik nazoratini kuchaytirilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Shunga ko‘ra, Ombudsman tomonidan tuzilgan Mustaqil Komissiya “Qoraqalpoq voqealari”ga aloqador shaxslarga nisbatan tergov va sud jarayonlari sinchkovlik bilan kuzatib bordi.
Komissiya tomonidan jamoatchilik vakillari bilan birgalikda, tergov izolyatori va jazoni o‘tash muassasalariga “monitoring tashriflari” yo‘lga qo‘yilgani natijasida, ularning tashabbusi bilan 107 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoq” bilan bog‘liq jazo turi olib tashlandi.
Tergov va sud jarayonlarida Mustaqil Komissiya tomonidan xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar vakillari so‘rovlari asosida har bir holat o‘rganib chiqilgan.
LiveBarchasi