Nukus voqealarida ayblangan Lolagul Kallixonova ozodlikka chiqarildi

3-sahifa

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 31 yanvar kuni Buxoroda 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud bo‘lib o‘tdi va sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.

Sud hukmiga ko‘ra, Lolagul Kallixonovaga tayinlangan jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.
U Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, JKning 57-moddasi qo‘llanilib, JKning 59-moddasi tartibida 8 yil ozodlikdan maxrum qilish jazosiga sudlandi. JKning 62-moddasiga asosan dastlabki qamoqda o‘tirgan 6 oy 24 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 7 yil 5 oy 6 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirilib, JKning 72-moddasi qo‘llanildi. 

Sud jarayonida ham har bir ayblanuvchining e’tirozlari, takliflari, murojaatlari inobatga olingan. Sud jarayonlari to‘liq jamoatchilik nazorati ostida, xalqaro hamjamiyat ko‘z o‘ngida ochiq ko‘rib chiqildi.

Malumki, Konstitutsiyamizning 18-moddasida O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida teng ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan. Shunga asosan, “Qoraqalpoq voqealari”ga aloqador shaxslarga nisbatan insonparvarlik tamoyili qo‘llanilishiga erishildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 yanvar kuni  Buxoro viloyat sudida Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tgandi. Sudda ommaviy tartibsizliklar tashkilotchisi Dauletmurat Tajimuratovga 18 yil, Lolagul Kallixanovaga 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi so‘ralgandi.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning 28 noyabr kuni 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan Buxoro viloyat sudida sud jarayoni boshlangandi. 

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchilar D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev, D. Jiyemuratov, B. Kadirbergenov, B. Seytniyazov, A. Toqimbetov, Q. Seytimov, A. Nuratdinov, S. Medetov, N. Nayipov, P. Shamshetov, R. Bekmuratov, S. Kaipov, B. Genjebayev, S. Kalilayev, P. Nurniyazov, S. Kalimov, N. Sultamuratov, A. Temirxanov va A. Adilbekov Jinoyat kodeksining 28,104, 104, 159, 164, 167, 227, 243, 244, 244-1, 247 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing