“Nukus city” qurilishida salkam 250 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

Jamiyat 2889
image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan “Nukus city” qurilishida jami 246,1 mln so‘mlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilingani aniqlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining “Suv ta’minoti va oqova suv ob’ektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi hamda “Granit Montaj Stroy” MCHJ tomonidan Nukus shahri, A.Shamuratova ko‘chasi avtomobil yo‘lining asfalt qoplamasini qayta tiklash va Nukus shahrida joylashgan “Nukus city” markazidagi ko‘p qavatli uylarning suv va kanalizatsiya tarmoqlarini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha 2020 yil 18 oktyabr kuni qiymati 3,56 mlrd so‘mlik pudrat shartnomasi tuzilgan.

Mazkur shartnomaga asosan, “Granit Montaj Stroy” MCHJ tomonidan qiymati 236,5 mln so‘mlik asfalt qoplamasi hamda qiymati 9,6 mln so‘mlik suv tarmoqlarini ta’mirlash ishlari to‘liq bajarilmagan bo‘lishiga qaramasdan, bajarilganligi haqida rasmiy hujjat hisoblangan hisob-fakturalarga soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritilib, jami 246,1 mln so‘mlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilinganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining “Suv ta’minoti va oqova suv ob’ektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi hamda “Granit Montaj Stroy” MCHJ mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 1-qismi bilana jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishining dastlabki tergov harakatlari Nukus shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 51
Reyting: 3.1
t
×